S5 Corporate Response - шаблон joomla Книги
A- A A+

SIZLARNI «O‘ZKIMYOPOLIMERSAVDO» SAYTIDA QUTLASHDAN MAMNUNMIZ

Sifatli xomashyo va materiallar – har qanday korxona, kichik va xususiy biznes muvaffaqiyati va gullab-yashnashining garovidir. Ularsiz hech bir korxona hamda kichik va xususiy biznes o‘z faoliyatini yurita olmaydi. Hozirgi paytda xomashyo va materiallarni yetkazib berish bilan ko‘plab kompaniyalar shug‘ullanishiga qaramasdan haqiqatan ham sifatli xomashyo va materiallarni faqat sanoqli yetkazib beruvchilargina taqdim etishga qodir.

Aynan shu bois biz Sizga o‘z xizmatlarimizni taklif etamiz.

Menejerimiz bilan bog‘lanib mahsulotimiz haqida ko‘proq bilib olishingiz mumkin, u Sizga istalgan paytda o‘z maslahatini beradi.

 

«O‘ZKIMYOPOLIMERSAVDO» AKSIYADORLIK JAMIYATI HAQIDA

«O‘zkimyopolimersavdo» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 28 fevraldagi Farmoniga muvofiq davlat korxonasidan aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. U O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining tijorat nodavlat tuzilmasi hisoblanadi.

Aksiyadorlik jamiyatining tarkibiga ulgurji bozorlarga xizmat ko‘rsatuvchi bozor infratuzilmasining 2 ta bo‘linmasi kiradi.

AJ va uning bo‘linmalarining xo‘jalik faoliyati bozorni xomashyo va tovarlar bilan muntazam ravishda boyitish, o‘zining va xorijiy investitsiyalar bilan hamkorlikdagi mahsulot ishlab chiqarishini rivojlantirish, keng xizmat turlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq muhim vazifalarning butun bir majmuini hal etishga qaratilgan.

Aksiyadorlik jamiyati davlat dasturlari, xususiy, kichik va o‘rta biznes sub’ektlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hududiy dasturlarning moddiy-texnikaviy ta’minotida qatnashadi. MDH va uzoq xorij mamlakatlaridagi hamkorlar hamda mahalliy yetkazib beruvchilar bilan uzoq muddatli ishbilarmonlik munosabatlariga ega.

Aksiyadorlik jamiyati omborxonalar, bostirmalar va saralash punktlariga ega sanoat bazasi ko‘rinishidagi rivojlangan infratuzilmaga hamda bevosita AJ hududida yuklarni qabul qilish va tushirish uchun temir yo‘l tarmog‘iga ega.

AJ yerlarining umumiy maydoni 96286 metr kvadratni tashkil etadi, jumladan omborlar, bostirmalar va xo‘jalik xonalarining maydoni – 17977 m kv.

Shu yerning o‘zida 2 qavatli ma’muriy bino mavjud bo‘lib, bu yerda yuqori malakali mutaxassislarimiz mehnat qiladi.

Malumotlarni ochib berish

Foydali manbalar

Ob-havo

Valyuta kursi